Yangiliklar
Biz hakimizda
Konkurslar
Kontaktlar

Bosh

“Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari

 
Diqqat, tanlov!

“Eng ulug‘, eng aziz”

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi yozuvchi va shoirlarni, jurnalistlar, tasviriy va kino san’ati namoyandalarini “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda biz uchun eng buyuk, eng aziz qadriyat, erkin, ozod va farovon hayotimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai – mamlakatimiz mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazadigan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanloviga taklif etadi.

 
“Ozod yurt to'lqinlari” media-festivali

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ommaviy axborot vositalarini ravnaq toptirish, soha uchun yuksak ijodiy-intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan bosqichma-bosqich, tizimli ishlarda nodavlat nashrlar va teleradiokanallar faoliyatini kengaytirish, ular uchun zarur barcha sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 
Matbuot va fuqarolik jamiyati

Poytaxtimizda “Ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada erkinlashtirish – kuchli fuqarolik jamiyati izchil shakllanishining muhim omili” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 
"Yilning eng faol jurnalisti" tanlovi g‘oliblari

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yilning eng faol jurnalisti-2009” tanlovi g‘oliblarini e’lon qiladi.

 
Ijodiy faollik e’tirofi

Image

“Turkiston” saroyida “Oltin qalam” V Milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 
Ustoz jurnalistlar sharaflandi

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari rivojiga katta hissa qo‘shgan mehnat faxriylarini sharaflashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 
Izlanuvchan ijodkorlar tanlovi

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” V Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘ldi.

 
Yosh jurnalistlar o‘quvi

Poytaxtimizda “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida yoshlar matbuot markazlari va nashrlarining vakillari, yosh jurnalistlar uchun seminar-mashg‘ulot tashkil etildi.

 
Vatan taraqqiyotiga daxldorlik mas'uliyati

Prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar oldidagi muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

 
Ta’sirchanlik va yuqori sifat – davr talabi

Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida demokratik islohotlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash va rivojlantirish, bunday mas’uliyatli jarayonda ommaviy axborot vositalarining ishtirokini yanada kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

 
Diqqat, tanlov!

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” V Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi.

 
Yangi ijodiy marralarga undovchi tanlov

Image

Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarining sifati va ta’sirchanligini, jurnalistlarning mas’uliyatini oshirish barobarida, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

 
Kuchli fuqarolik jamiyati va OAV

Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash barobarida mustaqilligi va erkinligini amalda ta’minlash, mas’uliyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

 
Yosh jurnalistlar doimo e’tiborda

Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining sifati va ta’sirchanligini yanada oshirish lozimligini alohida ta’kidladi. Bu soha uchun malakali yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning bilim-ko‘nikmalarini yuksaltirish bilan chambarchas bog‘liqdir.

 
“ЙИЛНИНГ ЭНГ ФАОЛ ЖУРНАЛИСТИ - 2009” танловига мархамат!

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмасининг

Ўзбекистонда демократик тараққиёт ва фуқаролик жамиятини барпо этиш йўлида улкан бунёдкорлик ишлари амалга оширилмоқда. Мамлакатни янгилаш, иқтисодиётни модернизация қилиш, амалга оширилаётган ислоҳотларни янада чуқурлаштириш, халқимизнинг турмуш фаровонлигини ошириш, инсон ҳуқуқлари ва эркинликларини таъминлаш борасида катта ютуқларга эришилди. Ўтган йили қишлоқ тараққиёти ва фаровонлигига йўналтирилган Давлат дастури асосида қишлоқларимизни обод этиш, аҳолининг турмуш маданиятини юксалтириш, яшаш шароитини шаҳар даражасига яқинлаштириш бўйича салмоқли ва хайрли ишлар қилинди.

 
“АТИРГУЛ” танловига мархамат!

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси журналист хотин-қизларнинг касбий маҳоратини ошириш, интеллектуал савиясини юксалтириш ва мамлакат ижтимоий ҳаётидаги фаоллигини ошириш мақсадида 8 март - Халқаро хотин-қизлар куниги бағишланган анъанавий “Атиргул” кўрик-танловини эълон қилади.

 
Bunyodkorligimizning huquqiy asosi

Image

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

 
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli do‘stlar!

Avvalambor, siz azizlarni, o‘zini matbuot sohasiga bag‘ishlagan zahmatkash va fidoyi insonlarni mamlakatimiz rivoji, Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatimiz oldida turgan yuksak maqsadlarga erishish, ya’ni, har tomonlama obod, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida qilayotgan olijanob mehnatingizni munosib baholab, barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan millionlab muxlislaringiz, butun xalqimiz qatori chin qalbimdan tabriklashga ijozat bergaysiz.

 
Йилнинг энг фаол журналисти эълон килинди

Image

27 июнь мамлакатимиз матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни сифатида кенг миқёсда нишонланади. Пойтахтимиздаги Ўзбек Миллий Академик драма театрида байрам тадбири бўлиб ўтди. Унда Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси “Йилнинг энг фаол журналисти – 2008” танлови ғолиблари ва совриндорлари номи эълон қилди.

 
<< В начало < Предыдущая 1 2 3 Следующая > В конец >>

 
 


Bizning

 

Design by Sagemy O‘ZBEKISTON JURNALISTLARI IJODIY UYUSHMASI, 2006